Antarktika muzliklari erishi oxirgi 40 yilda rekord darajaga yetdi
Antarktika muzliklari maydoni 2019-yil 1-yanvariga kelib, 5,47 million kvadrat kilometrga kamaydi. Bu so‘nggi 40 yildagi yo‘ldosh orqali kuzatishlar tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir, deya xabar qilmoqda AQSh Qor va muzliklar bo‘yicha milliy markazi (NSIDC).
2018-yilning dekabrida muzliklar bu oyga xos bo‘lmagan shiddatda — kuniga 253 ming kvadrat kilometr tezlikda eridi va bu jarayon davom etyapti. Solishtirish uchun: Buyuk Britaniya maydoni — 244,8 ming kvadrat kilometr.
Eslatib o‘tamiz, Antarktida 1992-yilda 2,7 trillion tonna muzidan ayrilgandi. Oxirgi 30 yilda bu yerdagi muz maydonlari 10 foizga qisqarib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter