Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anqaradagi sammitda Ukraina va Rossiya rasmiylari o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Anqaradagi sammitda Ukraina va Rossiya rasmiylari o‘rtasida janjal kelib chiqdi

Anqarada bo‘lib o‘tgan Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi Parlament Assambleyasi sammitida ishtirok etgan Ukraina va Rossiya hukumatlari vakillari o‘rtasida ikkita vaziyatda mojaro kelib chiqdi.

Dastlab, sammit vaqtida Rossiya delegatsiyasi rahbari o‘rinbosari Olga Timofeyevaning nutqi chog‘ida Ukraina delegatsiyasi Timofeyevaning orqasida Ukraina bayrog‘ini tutib turgan va Rossiyaga qarshi shiorlar aytib turgan.

Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklarning bu harakatining oldini olishga uringani uchun tomonlar o‘rtasida qisqa janjal kelib chiqdi.

Sammitga rahbarlik qilib turgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Mustafo Shentop vaziyatga aralashib, kun tartibiga kiritilgan barchaga so‘z berilishini, tartibga amal qilinmasa, tashqarida davom ettirishlari mumkinligini shama qilganidan so‘ng Ukraina delegatsiyasi rahbari Anna Purtova Timofeyevaning nutqi davomida o‘z o‘rnini bo‘sh qoldirdi.

Sammitdan so‘ng Rossiya deputati Olga Timofeyeva jurnalistlarga izoh berayotganida ukrainalik xalq vakili Aleksandr Marikovskiy yana uning orqasiga turib olgan va Ukraina bayrog‘ini ko‘tarib shiorlarini ayta boshlagan.

Bunga javoban esa Rossiya delegatsiyasi kotibi Valeriy Stavitskiy deputatning qo‘lidagi bayroqni olib qo‘ygan, shundan so‘ng Marikovskiy bilan uning o‘rtasida qisqa mushtlashuv yuz bergan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring