Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Anomal issiq sayyoramizda yangi rekordlarni o‘rnatmoqda

Anomal issiq sayyoramizda yangi rekordlarni o‘rnatmoqda

Foto: Overclockers.ru

Sayyoramizda rekord darajadagi issiq harorat qatorasiga 13-oy saqlanib turibdi. Bu haqda Associated Press agentligi Yevropa iqlim xizmati tadqiqotlariga asoslanib xabar berdi.

«Iyunda global harorat ketma-ket 13-oy rekord darajada yuqori bo‘ldi va ketma-ket 12-oydirki, dunyoda Selsiy bo‘yicha 1,5 daraja (Farengeyt bo‘yicha 2,7 daraja) issiqroq bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Yevropa iqlim xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil iyun oyida butun dunyo bo‘ylab harorat Farengeyt bo‘yicha o‘rtacha 62 daraja (Selsiy bo‘yicha 16,66 daraja) bo‘lib, bu so‘nggi 30 yil davomida shu oyda kuzatilgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan Selsiy bo‘yicha 0,67 daraja yuqoridir. Shuningdek, bir yil avval iyunda o‘rnatilgan harorat rekordi ham yangilandi.

O‘tgan yozda ham dunyo bo‘ylab rekord darajadagi yuqori haroratlar qayd etilgandi. Birgina iyul oyida sayyoramizdagi tarixiy maksimumlar uch marta yangilangan edi. Janubiy Yevropa, AQSh va Xitoy anomal (g‘ayritabiiy) issiqlik o‘choqlariga aylangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring