Angliyalik millioner o‘z uyida o‘ldirildi
Angliyaning eng boy ishbilarmonlaridan biri, Londonning Sheraton Grand va Athenaeum mehmonxonalarining egasi Richard Satton o‘ldirildi. 83 yoshli millionerning jasadi Dorset shtatining Gillingem shahri yaqinidagi o‘z uyidan topilgan, deb yozadi Times.
Gazetaning yozishicha, 7-aprel kuni kechqurun bir kishi Sattonning uyiga pichoq bilan kirib, uy egasiga hujum qilib, so‘ng uning rafiqasini ham jarohatlagan. Tadbirkor o‘sha yerda vafot etgan, og‘ir ahvolda bo‘lgan 60 yoshli ayol esa vertolyotda Bristoldagi kasalxonaga olib ketilgan.
Politsiya Gillingemning 34 yoshli fuqarosini hibsga olgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘ldirilgan millionerni tanigan. Politsiya bilan to‘qnashuv natijasida gumonlanuvchi jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan.
Jinoyatning sabablari hali noma’lum, tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter