Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Angliyada oqqush bolaning boshini teshib qo‘ydi

Angliyada oqqush bolaning boshini teshib qo‘ydi

Foto: «Yandex.ru»

Angliyaning Frum shahri, Somerset grafligida oqqush hujumidan keyin 8 yoshli bolakayning boshida qonli teshik qoldi, deb yozadi «The Sun» gazetasi.

Jeykob Gregori daryoda cho‘milayotganda birdan unga katta oqqush hujum qilgan. «Jeykob bolalar bilan o‘ynayotgandi, — deb eslaydi uning 27 yoshli onasi Sofi Xoll. — Qayoqdandir paydo bo‘lib qolgan oqqush uning yoniga uchib bordi. So‘ng qanotini keng yozib, o‘g‘limni cho‘qiy boshladi. Uning boshi qonab ketdi».

Xoll tajovuzkor qushni haydash uchun kiyimi bilan suvga sakradi.

«Jeykobni suvdan olib chiqdik. Uning qonga belangan boshini ko‘rib dahshatga tushib qoldik, — deydi ona. — Oqqushni haydab yuborganimizda u boshqa dam oluvchilarga hujum qildi».

Bola tezda shifoxonaga yetkazilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

«O‘g‘lim o‘ziga keldi, lekin oqqushlardan qo‘rqib qolgani aniq», — deydi Xoll.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring