Amerikaliklar eng ko‘p nimadan qo‘rqishlari ma’lum bo‘ldi
AQShda o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, aksariyat amerikaliklarni yadro urushi, energiya zaxiralarini talashgan mamlakatlar o‘rtasida nizolar kelib chiqishi hamda raqamli ta’qib eng ko‘p tashvishlantirmoqda. Bu haqda Fox News xabar berdi.
Milliy mudofaa Reygan forumi (RNDF) so‘rovnomasida 2 528 nafar katta yoshli amerikalik ishtirok etdi.
So‘rovda qatnashganlarning 69 foizi yaqin besh yilda yadro urushi chiqishi ehtimolidan «o‘ta» yoki «ma’lum darajada» tashvishda. Bu 2021-yil noyabrida o‘tkazilgan so‘rovnoma ko‘rsatkichidan 8 foiz punktiga yuqori.
Ko‘pchilik amerikaliklar AQSh va Xitoy o‘rtasida, shuningdek, ayni paytda Ukrainada urush olib borayotgan Rossiya bilan ziddiyat kuchayishi yadro urushi va terror hujumlari ehtimolini oshirib yuborishidan xavotirda.
So‘rovnomada qatnashganlarning 81 foizi energiya zaxiralari ortidan urushlar kelib chiqishidan xavotir bildirayotgan bo‘lsa, 80 foiz qatnashchi texnologiyalar yordamida kuzatuv (ta’qib) inson huquqlarini buzadi, deb hisoblaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter