Amerikaliklar boshqariluvchi yangi yadroviy bomba ishlab chiqishdi
AQShda boshqariluvchi yadroviy aviabomba — B61-12 bo‘yicha ishlar yakuniga yetkazildi. Bu haqda Amerika olimlar federatsiyasi xabar bergan.
Shunday aviabombalardan jami 480 dona ishlab chiqariladi. Ular eskirgan B61 o‘rnini egallaydi. Ushbu bombalar Yevropa va Turkiyadagi oltita aviabazada joylashtirilgan edi.
Ta’kidlanishicha, B61-12 xuddi oldingisi kabi kuchga ega. Afzalligi — dum qismidagi qanotlari, ular bombani boshqarishni osonlashtirib, nishonga aniqroq uradi. Shu qanotlar tufayli bombani parashyutda tashlashga ehtiyoj qolmaydi, juda balandlikdagi samolyotdan tashlansa kifoya. Qolaversa, zaruratga qarab, bombani kerakli nishonga yo‘naltirish mumkin.
Yangi yadro aviabombalarini F-15E, F-16 va Tornado taktik qiruvchi-bombardimonchi samolyotlari olib ucha oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter