Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikalik harbiylar O‘rta Yer dengizida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Amerikalik harbiylar O‘rta Yer dengizida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Pentagon Falastin-Isroil mojarosining kuchayishi va amerikaliklarni Isroil va Livandan evakuatsiya qilinishi ehtimolidan xavotirlanib harbiy vertolyotlarini tayyorlashga kirishgan. Ana shunday vertolyotlardan biri O‘rta Yer dengizi ustida mashg‘ulotda qatnashayotib halokatga uchragani aytilmoqda.

OAVda yozilishicha, MH-60 harbiy vertolyoti Kipr janubi-sharqiy qirg‘oqlari yaqinida qulagan, shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv operatsiyasi o‘tkazilgan.

AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bo‘lgan amerikalik besh nafar harbiy xizmatchi harbiy vertolyotning qulashi oqibatida hayotdan ko‘z yumganini tasdiqlagan.

«Biz O‘rta Yer dengizida mashqlar chog‘ida besh nafar amerikalik harbiy xizmatchining fojiali halok bo‘lganidan qayg‘uramiz», – deyiladi vazirning 12-noyabr, yakshanba kuni chop etilgan rasmiy bayonotida.

MH-60 harbiy vertolyoti

Ayrim manbalar halokat vertolyotga havoda yonilg‘i quyish vaqtida sodir bo‘lgani haqida yozishgan. Hodisaga oid boshqa tafsilotlar ochiqlanmayapti.

Isroil-Falastin mojarosi kuchayishi ortidan AQSh Yaqin Sharq mintaqasiga qo‘shimqa harbiy kuchlarni yo‘naltilgan. Xususan, u yerga 11 ming nafar harbiyni o‘ziga sig‘dirgan ikkita USS Gerald Ford aviatashuvchisi yuborilgani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring