Amerikalik ayol lotereyada ikki marta 2 million dollar yutib oldi
AQShning Florida shtatida yashovchi Syuzan Fitton Mega Millions lotereyasining bir o‘yinida ikki marta 2 million dollar (jami 4 mln. dollar) yutib oldi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Yutuqlar 14-sentyabr kuni o‘ynalgan. Aytilishicha, Mega Millionsda 1 mln. dollar yutish ehtimoli 12 607 306 tadan bittani tashkil etadi.
Fitton sotib olgan har ikki chiptadagi belgilangan raqamlar esa ikki million dollardan yutuq keltirdi! Bunaqasi kamdan-kam kuzatiladi.
So‘nggi marta Janubiy Karolinada yashovchi kishiga shunday omad kulgan ekan: iyul oyida avvaliga 40 ming dollar yutgan, oradan 11 kun o‘tib chiptasiga 3 mln. dollar yutuq chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter