Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amerikada «qotil» qaynota aybsiz deb topildi

Amerikada «qotil» qaynota aybsiz deb topildi

Foto: Kristofer Bergan/FACEBOOK

Floridada yashovchi kishi unga syurpriz qilish uchun Norvegiyadan uchib kelgan kuyovini bexosdan otib qo‘ydi, deb yozadi «People» nashri.

Hodisa Galf Briz shahrida yuz bergan. Kristofer Bergan qaynatasi Richard Dennisni tug‘ilgan kuni bilan tabriklash uchun Floridaga uchib keladi va darrov uning uyi tomon yo‘l oladi.

Biroq, mahalliy sherifning xabar berishicha, Bergandan oldin Dennisning uyiga boshqa odam kelib, u bilan janjallashgan. So‘ng uy egasi uni haydab solgan.

Bergan qaynotasini hayron qoldirish uchun gullar orasidan otilib chiqqanda Dennis uni haligi janjallashgan odam deb o‘ylab otib qo‘yadi. Tibbiyot xodimlari voqea joyiga shoshilinch yetib kelishiga qaramay, kuyovbolaning hayotini saqlab qolisholmaydi –  u yuragiga tekkan o‘q tufayli halok bo‘ladi.

Florida politsiyasining aytishicha, baxtsiz hodisa yuz bergan, «qotil»ga hech qanday ayblov qo‘yilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring