Amerika o‘rmon yong‘inlariga qarshi echkilar xizmatidan foydalanmoqda
AQShning Oregon shtati Forest-Grouv aholisi o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashish maqsadida echki boqish va tashish bilan shug‘ullanuvchi «Healing Hooves» kompaniyasiga murojaat qilishdi, deya xabar berdi AP agentligi.
Ta’kidlanishicha, qo‘shni Vashington shtatidan 230 bosh jonivor olib kelingan. Juft tuyoqlilar yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan quruq o‘tni yo‘qotishi zarur. Bir haftada echkilar 5 gektar maydondagi o‘t-o‘lanlarni yeb bitirishi talab etilmoqda. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, tashish xarajatlarini hisobga olmaganda jonivorlarni bir kun boqish «xizmati» 800 dollar.
Eslatib o‘tamiz, yong‘inga qarshi ishlov berish — echkilar xizmatidan foydalaniladigan tarmoqlardan biri xolos. Odatda bunday kompaniya xizmatlaridan hovlisidagi ortiqcha o‘t-o‘lanlarni yo‘qotishni rejalashtirayotganlar foydalanishadi. Faqat bunda yuzlab emas, besh-o‘nta jonivor xizmati kifoya qiladi.
Oregon hukumatining ta’kidlashicha, o‘rmon yong‘inlari kundan-kunga kamaymoqda. Bu hafta birorta ham yong‘in maydoni 120 gektardan oshmadi. Havoning ifloslanish darajasi ham me’yorda. Shunga qaramay, yong‘in maydonlari hali ham jiddiyligi qolmoqda, yangi o‘choqlar xavfi haddan tashqari yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter