«Amazon» kompaniyasi qiymati trillion dollardan oshdi
2019-yilning to‘rtinchi choragi uchun moliyaviy hisoboti chiqqanidan so‘ng, 31-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan savdolarda «Amazon» kompaniyasi jami aksiyalari qiymati bir trillion dollardan oshdi, deb xabar berdi «Bloomberg».
Kompaniya aksiyalari qiymati bir kunda 9,9 foizga oshdi — bu global bozorda 2017-yil oktyabridan beri kuzatilgan eng katta bir kunlik o‘sishdir. Ekspertlar kompaniya aksiyalari o‘sishini aynan oxirgi chorakning muvaffaqiyatli yakunlagani bilan bog‘lashmoqda.
Xabarga ko‘ra, «Amazon» sof foyda ko‘rsatkichi o‘tgan yilning oxirgi uch oyida 3,3 mlrd. dollargacha o‘sgan, jami daromadi esa 87,4 mlrd. dollarga yetgan.
Ilgariroq kompaniya asoschisi va rahbari Jeff Bezos 15 daqiqada 13 milliard dollarga boyigani haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun: 2019-yilda dunyodagi eng badavlat 500 insonning jami boyligi 5,9 trln. dollarni tashkil etgan, ya’ni «besh yuzlik» 2018-yildagiga qaraganda 25 foizga yoki 1,2 trln. dollarga boyigan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter