«Amazon» dunyodagi eng qimmat kompaniya deb topildi
Internet orqali savdo qilishga ixtisoslashgan «Amazon» kompaniyasi qiymat jihatdan o‘z raqobatchilaridan o‘zib ketdi. Bu haqda «The Wall Street Journal» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bir savdo sessiyasi mobaynida «Amazon» aksiyalari 2,7 foizga oshgan. Shunday qilib kompaniya kapitali 797 mlrd dollarga tenglashgan.
«Amazon»dan so‘ng qimmat kompaniyalar uchtaligidan «Microsoft» (784 mlrd), va «Alphabet» (740 mlrd) ham o‘rin olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter