Alp tog‘larida 35 santimetrli qor yog‘di
Hali yoz fasli tugamasidan Alp tog‘larida qor yog‘di, deya xabar beradi «Euronews.com».
Dengiz sathidan 1500 metr balandlikda qor chang‘i uchadigan darajada yog‘gan.
Ayni paytda Italiya, Avstriya va Shvetsiyaning tog‘li hududlarida chang‘i uchilyapti. Qorni sog‘ingan olomon o‘zini tabiat qo‘yniga urdi.
Shu hafta davomida qor yog‘ishi kutilyapti. Hozir qorning qalinligi ayrim joylarla 35 santimetrgacha yetgan.
Alp tog‘larining ayrim joylarida kuchli qor yog‘ishi va erishi oqibatida sel kelib, aholini sarosimaga soldi.
Keyingi hafta ob-havo yana me’yoriga qaytishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter