Alisher Usmonovning sobiq sherigi Rossiya fuqaroligidan voz kechdi
Alisher Usmonovning sobiq sherigi tadbirkor Vasiliy Anisimov «maxsus operatsiya» boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligidan voz kechgan yettinchi milliarder bo‘ldi, deb yozmoqda Forbes.
Anisimov Xorvatiya fuqaroligini olish uchun bu mamlakat iqtisodiyotiga 11 million dollar sarmoya kiritgan.
Nashrning yozishicha, Anisimov Rossiya fuqaroligidan voz kechgach, Rossiyaga biznes vizasi bilan kirgan.
Anisimov Forbesga 2022 yil sentyabr oyida Rossiya fuqaroligidan voz kechgan hujjatlarni taqdim etgan.
Ko‘plab tadbirkorlar, jumladan Forbes ro‘yxatidagi milliarderlar urush boshlanganidan keyin Rossiya fuqaroligini tark etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter