Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Usmonov Yevropa ittifoqini sudga berdi

Alisher Usmonov Yevropa ittifoqini sudga berdi

Foto: «Vesti»

Yevropa sudi matbuot xizmati rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning Yevropa ittifoqi sanksiyalariga duchor bo‘lgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilishiga norozilik bildirilgan da’vo arizasini qabul qilganini tasdiqladi.

Da’vo arizasini ko‘rib chiqish sanasi hali belgilanmagan, deyiladi TASS xabarida.

«Janob Alisher Usmonovning Ittifoq (YI)ga qarshi da’vosi 29-aprelda topshirilgan. Da’vogar  unga qarshi cheklov choralarini bekor qilishni va sud qarori chiqquniga qadar taqiqlov choralarini to‘xtatib turishni talab qilyapti», — deyiladi Yevropa sudi matbuot xizmati xabarida.

28-fevralda Alisher Usmonov boshqa rossiyaliklar qatorida Yevroittifoq sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgandi. Shundan so‘ng Usmonovning Yevropadagi barcha aktivlari bloklanib, uning o‘zi Yevropa ittifoqi mamlakatlari hududiga kirishi taqiqlangan edi.

Rasmiy Bryusselga ko‘ra, rossiyalik tadbirkorlar va siyosatchilar o‘z xatti-harakatlari bilan Ukrainaning hududiy yaxlitligiga putur yetkazishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring