Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akixito. Imperatorning so‘nggi kuni

Akixito. Imperatorning so‘nggi kuni

Foto: AP / Eugene Hoshiko

Aprelning so‘nggi — 30-sanasi o‘z xohishi bilan taxtdan voz kechib, uni o‘g‘li valiahd shahzoda Naruxitoga bo‘shatib berayotgan amaldagi imperator Akixito hukmdorligining oxirgi kuni. Bugun kun bo‘yi Yaponiya poytaxtida diniy va fuqarolik marosimlari o‘tkaziladi.

Hukmronligining so‘nggi kunini 85 yoshli Akixito Tokiodagi saroy hududida joylashgan ilgarigi 124 imperatorga bag‘ishlangan ibodatxonani ziyorat qilishdan boshladi.


Mavzuga oid: Yaponiyada «Reyva» boshlanadi. Balki tajriba o‘rganishga borarmiz...


Kunning ikkinchi yarmida imperator saroyining eng nufuzli Qarag‘ay zalida rasmiy marosim o‘tkaziladi. Jami 300 kishi: oila a’zolari, vazirlar, parlament palatalari rahbarlari, Oliy sud sudyalari shu yerda jam bo‘ladi.

Marosimda yapon xalqi nomidan bosh vazir Sindzo Abe so‘zga chiqadi, shundan so‘ng imperator o‘z xalqiga so‘nggi marotaba murojaat qiladi. Ertaga, 1-maydan 59 yoshli Naruxito rasman imperatorga aylanadi. Shuning barobarida yapon yilnomasi o‘zgaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring