“Agar mamlakat mavjudligi tahdid ostida qolsa, Rossiya yadro qurolidan foydalanadi” – Rossiya Tashqi ishlar vazirligi
Agar mamlakatning mavjudligi tahdid ostida qolsa yoki uning ittifoqchilariga qarshi ommaviy qirg‘in quroli qo‘llanilsa, Rossiya Federatsiyasi yadro qurolidan foydalanishi mumkin. Bu haqda «Россия 24» telekanali efirida Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov aytib o‘tdi.
«Shuni eslatib o‘tamanki, Rossiya harbiy doktrinasi, shuningdek, “Yadroviy to‘siqlik sohasidagi davlat siyosati asoslari” kabi hujjat yadro qurolidan foydalanishimiz nazariy jihatdan mumkin bo‘lgan barcha ssenariylarni to‘liq bayon qilib beradi. Rossiyaga yoki uning ittifoqchilariga ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalangan holda yoki oddiy quroldan tajovuz xavfi tug‘ilsa bu ssenariylar ishga tushadi. Buni qayta-qayta eslatib turaman – biz bu pozitsiyalardan chetga chiqmaymiz», deydi Sergey Ryabkov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter