Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afrika janubida 45 mln kishiga ochlik xavf solmoqda

Afrika janubida 45 mln kishiga ochlik xavf solmoqda

Foto: «Meteovesti.ru»

Afrika janubida toshqin, qurg‘oqchilik va og‘ir iqtisodiy vaziyat tufayli 45 million kishi ochlikka mahkum bo‘lish arafasida. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Jahon savdo dasturi hududiy rahbari ma’lum qilgan, deb yozadi «Regnum».

«Ochlik xavfi misli ko‘rilmagan darajaga yetgan. Vaziyat yomonlashishda davom etmoqda», — deb ogohlantirdi Afrika bo‘yicha JSD rahbari Lola Kastro.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi besh yil ichida Afrika janubi yog‘ingarchilik yetishmasligidan jiddiy aziyat chekdi. Davomli qurg‘oqchilik hududdagi 16 mamlakatda hosilning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi: ularning ko‘pchiligi dunyoning nochor davlatlari sirasiga kiradi.

Kastroning fikricha, iqlim o‘zgarishlari qurg‘oqchilikdan tashqari halokatli dovul va bo‘ronlarni keltirib chiqaradi.

2019-yili «Iday» dovuli Mozambik, Zimbabve va Malavida jiddiy suv toshqinlariga sabab bo‘ldi. Ularda yuzlab odamlar halok bo‘ldi, millionlab aholi boshpanasiz qoldi va turmush tarzi haddan tashqari yomonlashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring