Afg‘onistondagi kuchli zilziladan 100 dan ortiq odam halok bo‘lgani aytilmoqda
Bugun kechasi Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 120 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar tarqatgan.
Bundan tashqari, yer qimirlashi natijasida bir necha uylar vayron bo‘lgan. Ayni paytda vayronalar orasida qutqaruv ishlari davom ettirilyapti.
Eslatib o‘tamiz, bugun kechasi soat ikkilar atrofida Afg‘onistonda 6.1 balli zilzila sodir bo‘lgan. Yer qimirlashi Qashqadaryo, Samarqand va Jizzaxda 2, Surxondaryoda 3 ball bo‘lib ta’sir o‘tkazgan.
Bugun ertalab soat sakkizlarda esa Surxondaryodagi To‘palang suv omboridan suv toshib chiqa boshlagan. Bu ma’lumotni FVV tasdiqlagan, lekin «O‘zbekgidroenergo» AJ barcha video va fotolarni feyk deb atagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter