Afg‘onistonda kuchli zilziladan halok bo‘lganlar soni keskin ortmoqda
Kecha, 7 oktabr kuni Afg‘oniston g‘arbida 6,2 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘lgandi.
Zilzila 272 ming aholiga ega Hirot shahridan 40 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan. Epitsentr 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Qayd etilishicha, ko‘plab odamlar vayronalar ostida qolmoqda. Avvalgi ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 500 kishiga yetgani aytilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘oniston g‘arbidagi zilzila qurbonlari soni 2 ming kishiga yetgan, deya xabar bermoqda AFP «Tolibon» vakiliga tayanib.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter