Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda kuchli jala va suv toshqini oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda kuchli jala va suv toshqini oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Foto: «feedline.net»

Afg‘oniston shimoli va g‘arbidagi kuchli jala va suv toshqinlari besh kishining umriga zomin bo‘ldi. Ular orasida ayollar va bolalar ham bor, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi.

Chorshanba kuni ertalab shimoliy Badaxshon provinsiyasining Nasay uyezdida suv toshqini natijasida uch kishi vafot etdi. Shuningdek, suv toshqini oltita uyni yuvib ketgan. Uyezd rahbari Muhammad Ibrohim Qayumi hodisani tasdiqlagan. Biroq tabiiy ofat zarar yetkazgan hududlar tolibonlar nazorati ostida ekanligini, shu bois qurbonlarning aniq sonini aytolmasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, chorshanba kuni jala va suv toshqinlari shimoli-g‘arbiy Badgis provinsiyasining Javan uyezdida ikki kishini halok qilgan. Shu bilan birga, tabiiy ofat bir nechta uylarga talafot yetkazgan.

«Tolo News» kanali xabariga ko‘ra, Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Pandsher provinsiyasida ko‘chki sodir bo‘lgan. Seshanba kuni kechasi Abshar uyezdida qor ko‘chkisi 10 ta uy, maktab va masjidga zarar yetkazgan. Faqat qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring