Afg‘onistonda 21 kishining o‘limiga olib kelgan YTH sodir bo‘ldi
Afg‘oniston janubida 21 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan ayanchli YTH sodir bo‘ldi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 17 mart kuni Afg‘oniston janubidagi Hilmand viloyatida yo‘lovchi avtobusi, mototsikl hamda neft tashuvchi tankerning to‘qnashuvi natijasida yirik YTH sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi, 38 kishi jarohat olgan. Jarohatlanganlar yaqin hududlardagi shifoxonalarga yetkazilgan.
Aniqlanishicha, Kobulga ketayotgan avtobus va mototsikl to‘qnashuvidan so‘ng avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi yo‘lga chiqib, Hirotga ketayotgan neft tashuvchi tanker bilan to‘qnashgan. Transport vositalari to‘qnashuvdan ko‘p o‘tmay yonib ketgan.
YTH oqibatida vafot etganlar orasida avtobus va mototsikl haydovchilari ham borligi aytilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari YTH yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter