Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Afg‘onistonda 10 millionga yaqin bola tirik qolish uchun kurashmoqda – BMT

Afg‘onistonda 10 millionga yaqin bola tirik qolish uchun kurashmoqda – BMT

Foto: REUTERS

BMTning Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) Afg‘onistonda gumanitar yordam ko‘rsatishni davom etadi, chunki 10 millionga yaqin bola yordamga muhtojligicha qolmoqda. Bu haqda fondning ijrochi direktori Henrietta For ma’lum qildi.

«Bugungi kunda Afg‘onistonda 10 millionga yaqin bola tirik qolish uchun kurashmoqda. Taxminan 1 millionga yaqini yil davomida kuchli ocharchilikka duch keladi va davolanmasdan o‘lishi mumkin», – deydi For.

U 4,2 millionga yaqin afg‘on yoshlari, shu jumladan 2,2 milliondan ziyod qizlar maktabga chiqmayotganini ham eslatib o‘tdi.

Yanvar oyidan buyon BMT vakillari mamlakatda bolalar huquqlari buzilishining 2000 dan ortiq holatlarini hujjatlashtirgan.

YuNISEF kelgusi oylarda Afg‘onistonda kuchli qurg‘oqchilik va koronavirus pandemiyasining dahshatli oqibatlari tufayli gumanitar yordamga ehtiyoj yanada ortadi, degan taxminni bildirmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring