Afg‘oniston yana portlashlar o‘chog‘iga aylanyapti
Mozori-Sharifdagi masjidda sodir bo‘lgan kuchli portlash oqibatida 30 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, 80 dan ortiq odam jarohat olgan. Qutqaruv ishlari hamon davom etyapti.
Guvohlarning aytishicha, «Se do‘kon» masjididagi portlashni peshin namozi paytida 2-qavatdagi terrorchi-xudkush amalga oshirgan. Qurbonlar soni yana ortishi mumkin.
Bundan tashqari, bugun Kobulda ham 2 ta portlash bo‘lgan, 2 ta chaqaloq vafot etgan. Qunduzdagi qo‘lbola bomba portlashidan esa 4 kishi qurbon bo‘lgan, 8 kishi jarohatlangan. Nangarxar viloyatida toliblar mashinasi portlatilishi ortidan 4 nafar tolib jangchisi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tish kerak, so‘nggi kunlarda mamlakatda teraktlar soni oshib bormoqda. Maktablardagi seriyali portlashlar oqibatida 10 dan ortiq odam o‘lib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter