Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmanistonda ketma-ket yer qimirladi

Bugun, 16 avgust kuniga o‘tar kechasi Afg‘oniston, Tojikiston va Turkmanistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Birinchi yer qimirlashi Toshkent vaqti bilan 00:57 da (15.08.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 19:57 da) Afg‘onistonda sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 36,68 gradus shimoliy kenglik; 70,89 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 140 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 530 km janubiy-sharqda.
Ikkinchi zilzila Toshkent vaqti bilan 02:26 da (15.08.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 21:26 da) Tojikistonda yuz bergan.
Zilzila koordinatalari: 37,34 gradus shimoliy kenglik; 71,83 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 164 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 491 km janubiy-sharqda.
Uchinchi yer qimirlashi esa Toshkent vaqti bilan 06:37 da (16.08.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 01:37 da) Turkmanistonda zilzila sodir bo‘lgan.
Zilzila koordinatalari: 40,35 gradus shimoliy kenglik; 54,43 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5. Chuqurlik 116 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 1247 km janubiy-g‘arbda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter