Afg‘oniston prezidenti xalqqa murojaat qildi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bugungi videomurojaatida afg‘on xalqiga murojaat qilib, bundan keyin qon to‘kilishi va vayrongarchilik bo‘lmasligini aytdi.
Davlat rahbari hukumat harbiylariga mardlik va jasorat uchun rahmat aytib, hozirgi beqarorlikni joyiga tushirish uchun barcha choralarni ko‘rishini bildirdi.
«Bilaman, hozirgi va ertangi kuningiz uchun xavotirdasiz, lekin prezidentingiz sifatida sizni ishontirib aytamanki, maqsadim xalqimning jabrlanishiga va beqaror vaziyatga tezroq barham berish. Men bu urush yangi qon to‘kilishi va vayronagarchiliklarga olib kelishiga, qolaversa, so‘nggi 20 yilda erishgan yutuqlarimiz havoga sovurilishiga yo‘l qo‘ymayman», dedi G‘ani.
Ashraf G‘anining aytishicha, hozir mamlakat ichida va tashida siyosiy yetakchilar hamda xalqaro hamkorlar bilan keng miqyosli maslahatlashuvlar olib borilyapti, natijasi bo‘yicha xabar beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter