«Aeroflot» 8-martdan barcha xalqaro reyslarni to‘xtatadi
Rossiyaning «Aeroflot» aviakompaniyasi 8-martdan boshlab barcha xorijiy (Belarusdan boshqa) parvozlarni to‘xtatishini ma’lum qildi.
«Aeroflot» 6-martdan e’tiboran 8-martdan keyingi qaytish reyslariga ikki tomonlama chipta olgan yo‘lovchilarni xalqaro reyslarga qo‘ymaydi. Bir tomonga chipta olgan hamda Rossiyadan uchuvchi yo‘lovchilar parvozlar to‘xatilguniga qadar tashiladi.
Bekor qilingan reyslar uchun sotib olingan chiptalarni yo‘lovchilar to‘liq qaytarib berishlari mumkin deyiladi, xabarda.
Avvalroq xorijda avialaynerlar ommaviy tarzda xatlanayotgani bois, Rosaviatsiya xorij kompaniyalaridan samolyotlarni lizingga keltirgan Rossiya aviatashuvchilariga chet elga uchmaslikni tavsiya qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter