Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Adliya vaziri ortidan IIV rahbari ham ishdan olindi — Yaponiya

Adliya vaziri ortidan IIV rahbari ham ishdan olindi — Yaponiya

Minori Terada.

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida ko‘plab mojarolarga aralashib qolgan ichki ishlar vaziri Minori Teradani iste’foga chiqardi. Bu haqda Kyodo xabar berdi.

Terada — «Kunchiqar yurt»da bir oy ichida ishdan olingan uchinchi vazir.

24-oktyabr kuni «Birlashish cherkovi» sektasi bilan aloqadorlikda gumon qilingan iqtisodiy tiklanish vaziri Dayshiro Yamagiva, 11-noyabrda o‘lim jazosi haqidagi nojoiz so‘zlari va lavozimiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani uchun adliya vaziri Yasuxiro Xanasi iste’foga chiqarilgandi.

Ichki ishlar vaziri lavozimida ishlab kelgan Terada esa o‘z saylov kampaniyasini moliyalashtirishdagi ko‘zbo‘yamachiliklar, moliyaviy hisobotlarni buzish hamda diniy guruh bilan aloqadorlikda ayblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring