Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abu Dabi cammitida To‘qayev ham qatnashadi

Abu Dabi cammitida To‘qayev ham qatnashadi

Joriy yil 14-15-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan “Abu Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” sammitida BAA prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham qatnashadi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avval xabar berganimizdek, BAA poytaxtida bo‘lib o‘tadigan nufuzli anjumanda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev  ham ishtirok etadi.

“Sammitda ishtirok etish 2024-yil noyabr oyida BMTning iqlim o‘zgarishi sammiti (COP29) doirasida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi sanaladi. O‘shanda Qozog‘iston, O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik to‘g‘risida bitim imzolangan. Shuningdek, keyinroq Saudiya Arabistoni ham qo‘shilgan “yashil” energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida dastur ma’qullangan. Bularning bari Parij bitimi va Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida iqlimni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarimizni ifodalaydi”, – deya sammitning ahamiyatini baholagan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi.

Eslatib o‘tamiz, uch davlat o‘rtasida yashil bitim imzolanishida so‘zga chiqqan prezident Shavkat Mirziyoyev qayta tiklanuvchi energiya iqtisodiy maqsad emas, balki kelajakka qo‘shilayotgan hissa, kelgusi avlodlar oldidagi mas’uliyat tuyg‘usining natijasi ekanini ta’kidlagandi.

“Abu Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi” (Abu Dhabi Sustainability Week) barqaror taraqqiyot, yashil energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. 2008 yilda asos solingan ushbu platforma dunyo bo‘ylab hukumat idoralari, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati namoyandalarini birlashtiradi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring