70 yoshli Marianna Uilyamson AQSh prezidentligi uchun kurashadi
70 yoshli yozuvchi va siyosatchi Marianna Uilyamson AQSh prezidentligi uchun saylovda kurashadi. Vashingtondagi tadbirda Uilyamson Demokratik partiyadan nomzodini ilgari surganini ma’lum qildi.
Siyosatchi ayol saylovoldi kampaniyasini «Yangi boshlanish» va «Tizimni buzish» shiorlari ostida qurib, daromadlar tengsizligi va korrupsiyaga qarshi kurashmoqchi.
Marianna Uilyamson — yozuvchi, psixolog, siyosatchi. 11 ta kitobning muallifi (ularning aksariyati shaxsning o‘z ustida ishlashi haqida), bulardan 4 tasi The New York Times tomonidan «birinchi raqamli» bestsellerlar sifatida e’tirof etilgan.
Uilyamson 2020-yilgi saylovda ham nomzodini qo‘ygan, biroq aksariyat saylovchilarning qo‘llab-quvvatloviga erishmagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter