Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

66 yoshli armiya generali Vetnam prezidenti bo‘ldi

66 yoshli armiya generali Vetnam prezidenti bo‘ldi

Vetnam Sotsialistik Respublikasi prezidenti etib saylangan armiya generali To Lamning sodiqlik qasamyodini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarining inauguratsiya marosimi Milliy assambleya deputatlari tomonidan mamlakat prezidenti saylovi bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari e’lon qilingandan so‘ng darhol bo‘lib o‘tdi.

«Muqaddas milliy bayroq, Milliy assambleya, vatandoshlar va butun mamlakat saylovchilari oldida, men, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti, Vatanga, xalqqa, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Konstitutsiyasiga to‘liq sodiq bo‘lishga hamda partiya, davlat va xalq tomonidan yuklangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga qasamyod qilaman», – deydi To Lam.

66 yoshli To Lam Vetnamning 13-prezidenti bo‘ldi. Davlat rahbari sifatida u 2024-yil martida o‘z xohishi bilan iste’foga chiqqan 53 yoshli Vo Van Txuong o‘rnini egalladi. U bungacha mamlakat jamoat xavfsizligi vaziri lavozimida edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring