55 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istonda buzilib qolgan avtobusdan evakuatsiya qilindi
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatidan o‘tuvchi «Samara-Chimkent» avtomobil yo‘lining 965-kilometrida «Toshkent-Qozon» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan yo‘lovchi avtobusi texnik nosozlik sabab to‘xtab qolgan.
Mamlakat FVV bergan ma’lumotga ko‘ra, avtobusda 55 nafar yo‘lovchi – O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Ular Qorabutoq qishlog‘idagi masjidga evakuatsiya qilingan, tibbiy yordamga ehtiyoj bo‘lmagan.
«Ob-havo sharoiti yomon bo‘lganda va yo‘llarda transport vositalari harakatiga cheklovlar kiritilganda ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib borish va yo‘lga chiqmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Avtotransport vositalarining texnik holatini tekshirib boring», – deyiladi Qozog‘iston FVV tavsiyasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter