Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

50 ming ukrainalik oyoq-qo‘lidan ajraldi

50 ming ukrainalik oyoq-qo‘lidan ajraldi

Ukrainada 17 oydan beri davom etayotgan urush oqibatida 50 ming ukrainalik oyoq va qo‘lidan ajralib, nogironga aylandi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Bunday ma’lumot protez ishlab chiqaruvchi jahondagi eng yirik Ottobock tashkiloti va uning tibbiy hamkorlari hisoboti asosida tarqatilgan.

Nashr xabariga ko‘ra, oyoq va qo‘llaridan ayrilgan nogironlar soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Chunki ayrim bemorlar protezlash jarayonini bir necha hafta va oylar davomida kutishiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari protezlar narxi 50 ming yevrogacha turadi. Ukraina hukumati esa har bir yaralangan harbiyga faqat 20 ming yevro tovon puli to‘laydi. Fuqarolar esa protez sotib olishga qurbi yetmagan holda turli fondlariga murojaat qilishga majbur.

Kiyevdagi Houp Foundation mehr-muruvvat fondining bildirishicha, Ukrainada urush paytida jiddiy jarohat olganlar soni 200 ming kishini tashkil qiladi. Ulardan 20 mingga yaqini amputatsiyani talab qiladigan jarohatlar olgan.

Ukraina hukumati, xuddi Rossiya hukumati kabi, o‘z harbiylarining yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilmay kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring