So‘rov: 42 foiz amerikalik Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatlamoqda
So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning 42 foizi AQSh prezidenti Donald Trampning impichmentini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.
Bu xabarni «SNN» telekanali Ijtimoiy-siyosiy tadqiqot markazi (SSRS) tadqiqotlari natijasiga tayanib keltirgan.
Shunga binoan Trampning ishlarini ma’qullash 39 foizga pasayib ketgan.
«SNN» telekanali 1974-yili prezident Richard Nikson impichmenti yuzasidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari bilan Trampning impichmenti haqidagi so‘rov natijalarini taqqosladi. O‘shanda «Uotergeyt» mojarosi sababli shunday xulosaga kelingan edi.
Avvalroq Tramp o‘zining impichmenti haqida hazil qilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter