40 ta restorani, favvorali konsert zali bor. Dunyodagi eng katta sayyohlik kemasi qurilmoqda (video)

Royal Caribbean International kompaniyasi dunyodagi eng katta sayyohlik layneri — Icon of the Seas konseptini namoyish etdi.
Kema qurilishi boshlab yuborilgan. 2023-yilda suvga tushiriladi, 2024-yilda Karib dengizi bo‘ylab birinchi sayohatga jo‘naydi.
Bu suyultirilgan gazda ishlovchi jahondagi birinchi kema bo‘ladi.
Icon of the Seas sayyohlik kemasi 5 610 kishiga mo‘ljallangan 2 805 ta kayutadan iborat. Laynerning 18 ta palubasi bo‘ladi: ularda ko‘plab do‘konlar, basseynlar, jakuzilar, 40 ta restoran, akvapark, hatto favvorali konsert zaligacha bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter