Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

38 million osiyolik 2020 yilda qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi mumkin — Jahon banki

38 million osiyolik 2020 yilda qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi mumkin — Jahon banki

Foto: «Depositphotos»

2020-yili osiyolik o‘n millionlab insonlar qashshoqlar qatoriga qo‘shilishi ehtimoli haqida CNBC xabar berdi.

Qit’ada yashovchi 38 million kishining kunlik daromadi 5,5 dollardan pastlab ketishi kutilyapti. «Sharqiy Osiyo va Okeaniyada qashshoqlar soni 20 yildan beri ilk marotaba o‘sish tomon yuz buradi», — deyiladi Jahon banki bayonotida. Bank qayd etishicha, agarda iqtisodiy o‘sishga tushov solgan koronavirus pandemiyasi sodir bo‘lmaganida 33 million kishi bu achchiq qismatdan qutulib qolishi mumkin bo‘lardi.

Inqirozdan qolgan «chandiqlar» hali ko‘p yillar azob beradi, deyiladi Jahon banki hisobotida. Shuning barobarida, bank karantin sababli joriy etilayotgan texnologiyalar aholining qashshoq qatlamlari uchun yangi imkoniyatlar taqdim etishi mumkinligini ham inkor etmayapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring