33 kundan beri COVID-19 qayd etilmadi — Xubey
Xitoyning koronavirus epidemiyasi birinchi bo‘lib tarqagan Xubey provinsiyasida 33 kundan beri koronavirusni yuqtirish bo‘yicha bironta holat aniqlanmadi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy komissiyasi bir paytlar koronavirus epidemiyasi o‘chog‘i bo‘lmish Xubeyda 4-apreldan beri virusni yuqtirish bo‘yicha holatlar kuzatilmaganini ma’lum qildi. Ammo hududda simptompsiz yuqtirish holati 626 kishida mavjud va ulardan 13 nafari karantindan chiqarilgan.
Xitoyda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha jami aniqlangan holatlarning 68 128 tasi Xubeyga to‘g‘ri kelgan, shundan ham 50 333 tasi provinsiya markaziy shahri Uxanda sodir bo‘lgandi. Xubeyda 2 maydan epidemiologik xavf darajasi oliydan ikkinchi darajagacha pasaytirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter