3 yoshli bolakay 45 metrli sharsharadan tushib ketib omon qoldi
Angliyada 3 yoshli bolakay Uelsdagi 45 metrli «Pistyll Rhaeadr» sharsharasidan tushib ketib, baxtli tasodif tufayli omon qoldi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Bolaning tushib ketayotganini ko‘rgan bir kishi darhol suvga sho‘ng‘ib, uni qutqarib oldi. Shifoxonaga olib borilgan bolakayning sog‘lig‘i yaxshi ekani aytilmoqda.
Voqeaga guvoh bo‘lganlar bolaning xolasi bilan aylanishga chiqqanini va birdan muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketganini aytishmoqda. Xolasi bolani qutqarmoqchi bo‘lgan, faqat daraxt unga xalaqit berib qolgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter