Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3 oyda 400 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishga borgan

3 oyda 400 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Rossiyaga ishga borgan

Rossiya Federatsiyasiga joriy yilning 2-choragi holatiga 3,12 million nafar mehnat migrantlari kelib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 30 foizdan ko‘proqni tashkil qildi va bu raqamlar so‘nggi 6 yil ichida rekord ko‘rsatkichdir.

Ushbu hisobot Rossiyadagi FinExpertiza audit va konsalting tarmog‘ining tahliliy xizmati tomonidan taqdim etilmoqda.

«2022-yilning 2-choragi holatiga 4,16 million xorijlik yashash joyi bo‘yicha migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, 3,12 million kishi (75 foiz)ning kelish maqsadi ishlash bo‘lgan. Bu 2017-yildan beri mavjud bo‘lgan choraklik statistik ma’lumotlarning rekord ko‘rsatkichdir.

2022-yilning 1-choragi holatiga mamlakatga kelgan xorijiy ishchilar soni 2,76 million nafarni tashkil etgan edi», – deyiladi materialda.

Tahliliy xizmat materiallaridan kelib chiqqan holda, mehnat muhojirlarining yarmi (1,54 million kishi yoki 49,6 foiz) O‘zbekiston fuqarolari, qariyb uchdan bir qismi Tojikiston fuqarolari (52 ming kishi yoki 30,5 foiz) ekani ma’lum qilindi.

Shuningdek, Rossiyaga ishlash uchun Qirg‘iziston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Ukraina, shuningdek, Moldova fuqarolari ham kelgan.

Shu bilan birga, materiallarda aytilishicha, 2-chorakning o‘zida O‘zbekistondan mehnat muhojirlari oqimi, ayniqsa sezilarli darajada oshgan (416,2 ming kishiga yoki 36,9 foizga). Tojikistondan tashrif buyuruvchilarning o‘sish sur’atlari esa 406,9 ming kishini yoki 74,6 foizga ko‘pni tashkil qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring