Qozog‘iston Putinga «Nazarboyev ordeni»ni topshirdi
![Qozog‘iston Putinga «Nazarboyev ordeni»ni topshirdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/8/720_460_95_1860954657.jpg)
28-may kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga «Nazarboyev ordeni»ni topshirdi. Bu haqda birinchi prezidentning matbuot xizmatiga asoslanib «Zakon.kz» xabar berdi.
Shuningdek, ular Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi muvaffaqiyatlari va kelajakda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishgan.
Avvalroq, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev iqtisodiy ittifoqning 5 yilligi munosabati bilan Putindan tashqari, Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirg‘iziston rahbari Sooranbay Jeenbekovni ham orden bilan mukofotlash haqidagi farmonni imzolagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter