Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yili Xitoydan o‘zib ketadi. Hindistonda tug‘ilishni cheklash masalasi kun tartibiga chiqdi

2023-yili Xitoydan o‘zib ketadi. Hindistonda tug‘ilishni cheklash masalasi kun tartibiga chiqdi

Foto: Yale E360

Hindistondagi demografik muammoni hal etishi uchun yaqin 50 yilda aholi sonini nazorat qilish siyosati yuritilishi shart. The Economic Times yozishicha, Rastriya Svayamsevak Sangh (RSS) o‘ta o‘ng milliy partiyasi kotibi Manmohan Vaydya shunday bayonot berdi.

«RSS millatning kelgusi 50 yildagi kelajagiga doxil taklifini ilgari surdi. Mamlakatga uzoq muddatli aholi sonini nazorat qilish siyosati zarur. Bizning partiya ushbu siyosatni qo‘llab-quvvatlaydi», — dedi hind siyosatchisi.

Partiyaning bosh kotibi Moxan Bxagvata ham o‘tgan yili Vijay Dashami festivalida shu masalani ko‘targandi.

«Mamlakat rivojini qayta ko‘rib chiqayotganda, ko‘pchilikni tashvishga soladigan birinchi galdagi qiyinchilik paydo bo‘ladi. Aholi sonining tez o‘sishi yaqin kelajakda ko‘plab muammolarni tug‘dirish mumkin», — degandi Bxagvata.

2022-yilning iyulida e’lon qilingan World Population Prospects 2022 (Dunyo aholisining istiqbollari) hisobotida BMTning demografik baholashlari va prognozlari keltirilgandi. Unda 2023-yilda Hindiston aholisining soni bo‘yicha Xitoydan o‘zib ketishi aytilgan. Hozir Xitoy aholisi — 1,426 mlrd, Hindiston aholisi — 1,412 mlrd.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring