2020-yil jahon iqtisodiyoti uchun faqat yomon yil bo‘lmadi — ekspert

2020-yilda global iqtisodiyotda ijobiy siljishlar ham bo‘ldi. Xususan, jahondagi eng yirik erkin savdo zonasini tuzish haqida bitimga erishildi. Bu haqda RESh (Rossiya iqtisodiyot marktabi) iqtisodiyot professori Valeriy Chernookiy «REGNUM»ga ma’lum qildi.
«Janubi-Sharqiy Osiyo va Tinch okeani mintaqasi, xususan, Xitoy, Indoneziya va Yaponiya kabi 16 mamlakatni birlashtirgan Har tomonlama hududiy iqtisodiy hamkorlik (RCEP) — jahondagi eng yirik erkin savdo zonasini yaratish bo‘yicha bitim imzolanishi 2020-yilning xalqaro maydondagi ijobiy yakunlaridan bo‘ldi. So‘nggi yillarda proteksionizm kuchayib borayotgan yalpi trendga qarshi o‘laroq, ushbu bitimning kuchga kirishi jahon savdosi va iqtisodiyoti rivojlanishi uchun yangi kuch beradi», — ta’kidladi Chernookiy.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter