Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda Ukraina aholisi 208 ming kishiga kamaydi

2018-yilda Ukraina aholisi 208 ming kishiga kamaydi

Foto: RIA «Novosti»

«Kp.ua» saytining  xabar berishicha, Ukraina aholisi 2018-yilda 208,8 ming kishiga kamaygan. Mamlakatda har vafot etgan 100 kishiga 58 ta yangi tug‘ilganlar to‘g‘ri kelgan.

2018-yil 1-dekabr holati bo‘yicha Ukraina aholisi soni 42 million 177 ming nafarni tashkil etmoqda.

Aholining kamayib borishi ko‘plab fuqarolarning yaxshi hayot ilinjida xorijga ketayotgani va tug‘ilish tempining pastligi bilan bog‘langan.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring