20 yil oldin yo‘qolgan hamyon egasiga qaytarildi
Irlandiya politsiyasi qariyb 20 yil muqaddam yo‘qolgan hamyonini egasiga qaytardi, deya xabar berdi Amerikaning UPI agentligi.
Dublin grafligidagi politsiya mahkamalaridan biriga fuqaro murojaat qildi. U eski hamyonni topib olib, keltirganini aytdi.
«Aftidan, hamyon yo‘qotilganiga ancha bo‘lgan», — deyishdi politsiyachilar.
Hamyonda 2001-yil iyunda berilgan talabalik guvohnomasi va kredit kartasi bor. Karta va guvohnomaga qarab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari egasini topishga muvaffaq bo‘lishdi. U bilan bog‘lanib, hamyonni qaytarishdi. Egasining aytishicha, hamyonini qariyb 20 yil oldin yo‘qotib qo‘ygan bo‘lib, uni topishidan allaqachon umidini uzib bo‘lgandi.
Politsiyachilarning ta’kidlashicha, 20 yillik jumboqni 24 soat ichida fosh etishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter