149 nafar bolaning otasi 24 ta ayolga uylangani uchun javobgarlikka tortildi
Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyati Oliy sudi fuqaro Uinston Blekmorga nisbatan 24 ta ayolga uylangani uchun qamoq jazosi tayinladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar qilmoqda.
Yana bir fuqaro Jeyms Oler ham 5 ta ayolga uylangani uchun javobgarlikka tortilgan. Sud qaroriga binoan Blekmor 6 oy mobaynida uy qamog‘ida saqlanadi. Oler esa 3 oyni uy qamog‘ida o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Shu bilan birga ularga nisbatan 150 va 75 soat jamoat ishlariga jalb etish jazosi ham qo‘llanadi.
Blekmor birinchi marta 1975-yilda uylangan. 61 yoshli Blekmorning xotinlaridan 4 tasi nikoh paytida 15 yoshda bo‘lgan. Uning barcha ayolidan 149 nafar farzandi bor. Blekmor va Oler Kanadada 100 yil ichida ko‘pxotinlik tufayli jazolangan ilk kanadaliklar bo‘lishdi.
Ikkala shaxs ham Muqaddas Iso Masih Mormon fundamental cherkovi a’zosi bo‘lishgan. Tashkilot 19-asr oxirida ko‘pxotinlikdan voz kechgan bo‘lishiga qaramay, uning a’zolari eski qadriyatlariga sodiq qolishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter