Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

140 yil oldin o‘g‘irlangan bebaho qo‘lyozma Peruga qaytarildi

140 yil oldin o‘g‘irlangan bebaho qo‘lyozma Peruga qaytarildi

Foto: «Drugoy.com.ua»

Peru milliy kutubxonasi (BNP) 140 yil muqaddam Ikkinchi Tinch okeani urushida mamlakat okkupatsiyasi paytida o‘g‘irlab ketilgan inklar imperiyasi tarixi haqidagi noyob qo‘lyozmani taqdim etdi.

«Peru monarxiyasi xotiralari va inklar tarixidagi izlanishlar» qo‘lyozma asari 1838-yilda so‘nggi ink hukmdori Xusto Apu Sauaraura Inka tomonidan tuzilgan.

«Mazkur hujjatning qiymati bebaho. Sauaraura Inka XIX asrning eng buyuk tadqiqotchilaridan biri bo‘lgan. Uning mehnati inklar xotirasini xalos etishga bag‘ishlanadi. Muallif hozirda yo‘qolib ketgan o‘sha davr hujjatlarini o‘rgangan. Ularning yordamida ispanlar kelgunga qadar Peru madaniyati asoslarini qayd etib qo‘ygan», — deyiladi kutubxona bayonnomasida.

«RIA Novosti»ning xabariga ko‘ra, qadimgi qo‘lyozma boshqa bebaho kitoblar bilan birgalikda 1881-83-yillarda peru poytaxti Lima Chili qo‘shinlari tomonidan bosib olinganda Milliy kutubxonadan o‘g‘irlab ketilgan. Keyinchalik Chili hukumati Peruga taxminan 4,5 ming tomni qaytarib bergan, biroq Sauaraura Inkaning qo‘lyozmasi Braziliyadagi kolleksionerlar qo‘liga tushib qolgan. Peru diplomatlari 2019-yil noyabrda uni vataniga qaytarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Qo‘lyozma qaytarilgandan so‘ng uning raqamli nusxasi kutubxona saytiga joylangan. Payshanba kuni hujjat Peru tarixi va san’atini o‘rganish dasturi doirasida keng jamoatchilikka taqdim etildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring