12 yildan beri tinmay lotereya o‘ynagan odam maqsadiga erishdi va o‘z sirini ochdi
AQShning Jefferson-Siti shahri (Missuri shtati)da yashovchi Den Damf 12 yildan beri tinmay lotereya o‘ynaydi, yaqinda omadi chopib jek-potni yutib oldi.
Damf o‘z sirini ochdi.
Aytishicha, 2008 yildan beri lotereya o‘ynaydi va har safar bir xil raqamlar kombinatsiyasidan foydalanadi: 2-21-27-33-39. Den 8-sentyabr kuni 50 ming dollar yutdi.
Ikki yil avval ham omadi chopib, 19 ming dollar yutib olgandi.
Albatta, amerikacha o‘lchovlarda bu uncha katta pulmasdir, ammo Damfning ta’kidlashicha, qarzlarini uzib, yog‘ochga ishlov berish texnikasi sotib olishga yetadi. Bu uning hobbisi.
«Pensiyaga chiqqanda zerikib qolmaslik uchun nima bilan shug‘ullanishim endi aniq», — deydi Den Damf.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter