11-sentyabrni eslab. AQShda bayroqlar tushiriladi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2001-yil 11-sentyabr voqealari qurbonlarini xotirlash munosabati bilan bayroqlarni tushirishga farmon berdi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida.
Amerika lideri 11-sentyabrni Vatanparvar kuni deya e’lon qilib, barcha departamentlar, agentliklar va idoralarni 2001-yil 11-sentyabr voqealari qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirib, bayroqlarni tushirib qo‘yishga chaqirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2001-yilning 11 sentyabri eng yirik terror hujumi uyushtirilgan kun sifatida tarixning qora sahifalariga kirdi. Oqibatda 2977 kishi halok bo‘lgan, 24 nafar inson bedarak yo‘qolgandi. Terrorchilar olib qochgan samolyotlardan ikkitasi Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi joylashgan egizak minoralarga kelib urilgandi.
Amerika komissiyasi xunrezlikda «Al-Qoida» va uning yetakchisi Usama bin Lodinni aybdor deb topgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter