Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yulduzlar yomg‘iri»: Yaponiya fazoviy tomosha ko‘rsatadi

«Yulduzlar yomg‘iri»: Yaponiya fazoviy tomosha ko‘rsatadi

Foto: JAXA

Bugun, 18-yanvar kuni Yaponiya aerokosmik agentligi (JAXA) bortiga yettita yo‘ldosh ortilgan «Epsilon-4» raketa-tashuvchisini fazoga uchirdi. Raketaga Yaponiya janubi-g‘arbida joylashgan Utinoura kosmodromida start berildi.

Start muvaffaqiyatli amalga oshgani, yettita yo‘ldosh orbitaga olib chiqilgani haqida xabar berilgan.

Ta’kidlash kerakki, mana yo‘ldoshlardan biri sun’iy meteorit yomg‘iri yaratish imkoniyatini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Yo‘ldoshga 400 dona metall shar joylangan bo‘lib, ular Yer atmosferasiga kirganida yonib, «qulayotgan yulduzlar» effektini hosil qiladi.

«Yulduzlar yomiri»ni 2020 yilning bahorida tomosha qilish mumkin — JAXA agentligi bu haqda o‘z saytida xabar berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring